Toshken Haftanomasi 26 qism

113876
Toshken Haftanomasi 26 qism

“Turkiston” saroyida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi.
Unga senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o`qib eshittirdi.
Tadbirda so'z olgan O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sherzod G`ulomov, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Nurmatov, “Buxoronoma” gazetasi bosh muharriri Ismoilov va boshqalar milliy media sohani izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirish, uning sifati va samaradorligi, ta`sirchanligini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 1400 ga yaqin gazeta va jurnal, elektron, internet media tuzilmalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda.
Tadbirda O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Jilning eng faol jurnalisti – 2013” respublika ko`rik-tanlovining g`olib va sovrindorlari taqdirlandi.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ommaviy sport targ`iboti bo`yicha faollik ko`rsatgan jurnalistlarga sovg`a va diplomlar topshirildi.
San`at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi.
Shu kuni poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ularning oila a`zolari uchun bayram sayli tashkil etildi.
Geçiş…..
Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik bo`yicha O`zbekiston va Frantsiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo`lib o`tdi.
Tadbirda tijorat banklari, mobil aloqa kompaniyalari, shahar yo`lovchi transporti va chakana savdo sohasi vakillari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Forumda so'zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov, barcha sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko`rsatishni yanada yaxshilashda muhim omil bo`layotganini ta`kidladi.
Malumki, Elektron tijoratni rivojlantirish, bu borada xalqaro tajribani o`rganish va hamkorlikni kengaytirish bo`yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, Frantsiyaning “Sofrecom” va “Aesma” kompaniyalari bilan hamkorlikda NFC (simsiz kommunikatsiya) texnologiyasini joriy etishga kirishildi.
Yaqin kunlarda ushbu texnologiyani jamoat transportida, keyinchalik, supermarketlar va savdo markazlarida, dorixonalar, umumiy ovqatlanish muassasalari va kommunal xizmat to`lash punktlarida joriy etish rejalashtirilmoqda.
NFC texnologiyasi bilan barcha turdagi bank kartalari orqali to`lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
– O`zbekistonda barcha sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng tatbiq etilayotgani diqqatga sazovor, – dedi “Aesma” kompaniyasi loyiha rahbari Mate Bulek. – O`zaro hamkorligimiz samarali bo`lib, O`zbekiston bilan Frantsiya o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Biznes-forumda mamlakatimizda NFC texnologiyasini amaliyotga tatbiq etishda tijorat banklari, mobil aloqa kompaniyalari va savdo majmualari o`rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

, yoshlar, o`smirlar va xotin-qizlar o`rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.
Osiyo sambo ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz sambo federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan 350 nafardan ziyod sportchi kattalar, o`smirlar, yoshlar, xotin-qizlar o`rtasidagi bahslarda va jangovar sambo bellashuvlarida kuch sinashdi.
“O`zbekiston” sport majmuasida 3 kun davom etgan Osiyo chempionatida muxlislar qit`a polvonlari ishtirokidagi ajoyib bellashuvlar, chiroyli g`alabalar guvohi bo`ldi.
Osiyo chempionatining so`nggi kunida yoshlar va jangovar sambo ustalari gilamga chiqdi. Ushbu bellashuvlarda ham yurtimiz polvonlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yoshlar o`rtasidagi bellashuvlarda Sherzod Tojiev, javlon Ҳamidov, Fazliddin Xolmamatov va Elyor Ҳojimatov o`z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.
Tohir Asrorov, Abduhamid Qo`chqorov va Muhammadshoh Ibrohimov kumush, Shahzod Nurmatov va Parviz Ҳalimov bronza medalni qo`lga kiritdi.
Qizlar o`rtasida jahonoy Turkmanova, Nilufar Rahmonova, Valeriya Suykova va Irina Kulakova oltin medalga munosib topildi. Yana to`rt nafar sportchimiz kumush, ikki nafari esa bronza medal bilan taqdirlandi.
jangovar sambo bellashuvlarida Tolmaz To`qliev, Ayubxon Kamolov va Sanjar Ne`matov Osiyo chempioni bo`ldi. Rahmatjon Ahmedov va Ilhom Jo`ldoshev ikkinchi o`rinni egallagan bo`lsa, Furqat Ro`ziev, Abror Yahyoev va Olim Xudoyqulov kuchli uchlikdan joy oldi.


26 iyun kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kanadaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi jon Ronald Kyor qabul qilindi.
Bu xakda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi. Elchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun ishonch yorlig`ini topshirdi.
Suhbat davomida tomonlar o`zbek-kanada munosabatlariga oid kun tartibida turgan masalalarni muhokama etishdi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashdilar.
Uchrashuvda, muntazam ravishda siyosiy masalahtlashuvlarni o`tkazilib turishi, parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi, mintaqalar va shaharlarning to`g`ridan-to`g`ri aloqalarining o`rnatilishi, oliy o`quv yurtlari, madaniy muassasalar, turizm tashkilotlari o`rtasidagi aloqalarning o`rnatilishi xar ikki davlat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi takidlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 26 iyun kuni Farg`ona viloyatiga keldi.
Prezident, viloyat markazida qurib bitkazilgan ming o`rinli San`at saroyida tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi.
Yangi inshootlar barpo etishda har bir detalga alohida e`tibor berish kerak. Chunki biz qurayotgan binolar necha o`n yillab kelajak avlodlarimizga ham xizmat qilishi darkor, dedi davlat rahbari.
Prezident, shuningdek San`at saroyiga tutash hududda bunyod etilgan Suv sporti majmuasida mashg`ulot o`tayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Ularning o`qishi, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.
– Sport insonni qat`iyatli qiladi, irodasini mustahkamlaydi. Irodali inson o`z oldiga katta maqsadlar qo`yadi va unga albatta erishadi. O`zbekiston farzandlari nafaqat sportda, balki barcha sohalarda ulkan marralarni qo`lga kiritishi uchun biz hech narsani ayamaymiz. Chunki biz hech kimdan kam bo`lmaganmiz, hech kimdan kam emasmiz, hech kimdan kam bo`lmaymiz, – dedi İslom Karimov.
Islom Karimov bolalarga sport anjomlari sovg`a qildi.
İslom Karimov, shuningdek Farg`ona shahrida bunyod etilgan va o`zining noyob me`moriy va muhandislik echimi, betakror dizayni bilan Farg`ona ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan 20 ming o`rinli stadionni borib ko`rdi.
Prezident stadionda sportchilar, tomoshabinlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, yosh sportchilar, xususan, futbolchilar tarbiyalashga e`tiborni yanada kuchaytirish zarurligini ta`kidladi.

Toshkentda 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste`mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kunida, O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan 1,27 tonna narkotik moddalar yo`q qilindi.
Sudlarda ashyoviy dalil sifatida ko`rsatilgan narkotik vositalarni maxsus domen pechlarida yoqish orqali yo`q qilish amaliyoti mamlakatimizda 1994 yildan buyon qo`llanib kelinmoqda.
Ҳar yili ushbu tadbir BMT, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi a`zolari, huquqni muhofaza qilish organlarining mas`ul xodimlari, ekspertlar, jurnalistlar ishtirokida o`tmazib kelinmoqda.
O`tgan 20 yil davomida mamlakatda jami 52 tonna narkotik vositalar yoqib yuborilgan.
Bu galgi tadbirda, 700 kilogrammdan ziyod opiy, 266 kilogrammdan ziyod marixuana, 175 kilogramm nasha, 85,3 kilogramm geroin, katta miqdorda ko`knori, nasha o`simligi, shuningdek, tabletka va eritmalar shaklidagi narkotik moddalar yo`q qilindi.

O'tgan xaftada Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Evropa Ittifoqining O`zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Elchi-rahbari Yuriy Shterk bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Bu haqda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xabar beradi.
Muzokaralar doirasida ikki davlat o`rtasidagi o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, “O`zbekiston – Evropa Ittifoqi” Ҳamkorlik qo`mitasi, investitsiyalar va savdo bo`yicha kichik qo`mitasining navbatdagi yig`ilishlarini hamda tuzilayotgan O`zbek-Evropa xorijiy sarmoyalar va savdo Kengashi doirasidagi ishbilarmonlar biznes-forumini o`tkazish masalalari muhokama qilindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar