Joriy yilning 1 - yanvaridan beri 953 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2138208
Joriy yilning 1 - yanvaridan beri 953 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Oxirgi bir hafta ichida terrorga qarshi amalga oshirilgan amaliyotlarida PKK terror tashkilotiga aʼzo 108 nafar terrorchi taʼsirsiz holga keltirildi. Ular orasida terror yetakchilari ekani iddio etilgan a’zolar ham bor.

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan uyushtirilgan haftalik ma’lumot yig‘ilishida, terrorga qarshi kurashga oid so‘nggi ma‘lumotlar bo‘lishildi.

Shu doirada, Iroq va Suriya shimolida o‘tgan bir hafta ichida amalga oshirilgan amaliyotlarda, 108 nafar terrorchi taʼsirsiz holga keltirilgani qayd etildi. Ular orasida terror yetakchilari ekani iddio etilgan a’zolar ham bor.

Shu tariqa, joriy yilning 1 - yanvaridan beri ta’sirsiz holga keltirilgan terrorchilar soni 953 nafarga yetdi.

Shuningdek, o‘tgan hafta Iroq shimolidagi boshpanalardan qochgan PKKga a’zo yana 2 nafar terrorchi, Haburdagi chegara postiga taslim bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar