Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan uchrashdi

Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan alohida - alohida uchrashdi.

2138204
Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan uchrashdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlandi.

Muzokara oldidan Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleu, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan alohida – alohida uchrashdi.

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida bayonot berildi. Shunga ko‘ra, Bayramov bilan bo‘lgan uchrashuvda tomonlar Qozog‘iston - Ozarbayjon strategik sherikligi va ittifoqni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

Bayramov uchrashuvda, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoni rivoj topishi yo‘lida ko‘rsatgan yordami va faoliyati uchun qozoq tomoniga minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, bugungi muzokaralar nomi tilga olingan jarayonga hissa qo‘shishiga ishonchi komil ekanini ifoda etgan.

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Nurtleuning Mirzoyan bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida, tomonlar, Qozog‘iston bilan Armaniston o‘rtasidagi yuqori darajadagi siyosiy muloqotning rivojlanish dinamikasidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari Armaniston bilan Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirlari o‘rtasidagi uchrashuvlar, Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgani va buning ramziy ma’nosi borligi ifoda etildi. Shuningdek, 1991 - yili imzolangan Olmaota deklaratsiyasining, Ozarbayjon va Armaniston chegaralarini belgilash masalasi bosh bo‘lish bilan birga o‘zaro munosabatlardagi muammolarni hal qilishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining asosiy kun tartibining ikki davlat o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘lishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar