Energiya kun tartibi-19

Tabiiy gaz bo’yicha yillik iste'moli taxminan 51 milliard kub metr bo'lgan Turkiya Yevropada to'rtinchi yirik tabiiy gaz iste'molchisi hisoblanadi.

2135911
Energiya kun tartibi-19

 

Turkiya ko'p yillar davomida tabiiy gaz import qilib kelgan. Sakarya gaz konidagi kashfiyotlar natijasida bu vaziyat o'zgara boshladi.

Ushbu tabiiy gaz konida aprel oyining oxiriga kelib ishlab chiqarish taxminan 4,6 million kub metrni tashkil etdi. Tabiiy gaz 1,8 million xonadonga Turkiyaning milliy manbalaridan ta'minlana boshladi.

Ammo, maqsadlar ancha katta. 2025-yil boshiga qadar kunlik ishlab chiqarishni 10 million kub metrga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Yangi kashfiyotlar bilan qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini 20 million kub metrdan oshirish ko'zda tutilgan. Bu taxminan 9-10 million xonadonning tabiiy gazi milliy resurslar hisobidan qoplanishini anglatadi.

Shu sababli, tabiiy gazni saqlash bo'yicha maqsadlar birma-bir amalga oshirilmoqda. 2028 yilga kelib Turkiya o'zi foydalanadigan gazning 20 foizini to’liq qoplash imkoniyatiga ega bo'lishni maqsad qilgan.

Energiya va tabiiy resurslar vazirligining rejalariga ko'ra, Turkiyaning saqlash quvvatidan foydalanish darajasi 50 foizga yetishi mumkin. Shu sababli, ko'plab hududlarda, ayniqsa “Tuz ko’li” tabiiy gaz ombori havzasida tabiiy gaz saqlash joylarini yaratish yoki kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Biroq, bu yagona sabab emas. Turkiyaning energiya markaziga aylanish loyihasida tabiiy gazni omborlash hajmini oshirishning yana bir sababi, kelgusi davrda tashkil etiladigan Energiya Markazidir…

Trakiyada ushbu markazni rejalashtirish ishlari yakunlandi. Markaz joriy yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha doirasida Moskva-Anqara yoʻnalishi boʻyicha delegatsiyalar doimiy ravishda kelib-ketmoqda. Loyihani yakunlash bo'yicha ishlar davom etmoqda.

Xalqaro loyihalardan biri bo'lgan “Turk oqimi” Rossiyaning Anapa shahridan Turkiyaning Qirklareli viloyatidagi Kiyiko'y hududigacha cho'zilgan har biri 930 kilometr uzunlikdagi ikkita quvurdan iborat. Qora dengizdan o'tuvchi chiziqlardan biri Turkiyaning milliy tarmog'iga ulanadi. Ikkinchisi esa Turkiya orqali o'tadigan gazning Yevropaga o'tkazilishini ta'minlaydi.

Har bir liniya yiliga 15,75 milliard kub metr gazni tashish quvvatiga ega. Rossiya kelgusida tabiiy gaz quvuri quvvatini yanada oshirmoqchi. Hozirda mavzu yuzasidan munozaralar davom etmoqda.

Rossiyadan Turkiyaga Qora dengiz orqali o'tadigan boshqa tabiiy gaz quvuri esa “Moviy oqim”dir.

Ozarbayjonning Kaspiy tabiiy gazini tashiydigan Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi (TANAP) hozirda 16 milliard kub metr tabiiy gazni tashish imkoniyatiga ega. Bu tabiiy gazning 6 milliard kub metri Turkiyaga, 10 milliard kub metri esa Yevropaga yuboriladi. Qisqa vaqt ichida liniya quvvatini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.

Turkiya shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan shartnomalar imzolab, tabiiy gaz xilma-xilligini kengaytirmoqchi. Bu yoʻnalishdagi birinchi qadam Turkmaniston bilan amalga oshirildi. Mart oyi boshida ikki davlat o‘rtasida tabiiy gaz bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ozarbayjon tomonidan ozod qilingan Togʻli Qorabogʻda Zangezur yoʻlagining ochilishi bilan mamlakat tabiiy gazini Kaspiy dengizi orqali Turkiyaga yetkazish maqsad qilingan. Bu chiziq nafaqat Turkiya, balki Yevropaning energiya xavfsizligiga hissa qo‘shadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar