Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 18

Dasturimizning bugungi sonida, qozoq yozma adabiyotining asoschisi, shoir va mutaffakkir Abay Qunonboy haqida so‘z qilamiz.

2134119
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 18

Abay, 1845 - yili bugungi Qozog‘istonning Semey viloyati chegarasida joylashgan Sirt -Qashqabuloqda tug‘ildi. Boshqaruvchilik vazifalarini bajargan va xalq orasida katta obro‘ - e’tiborga ega bo‘lgan otasi Qunonboy, onasi Uljan va buvisi Zere Honim Abayning erta tarbiyalanishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Abay Qunonboyning ota – onasi va buvisidan tinglagan tarixiy voqealar, she’rlar va xalq dostonlari uning shaxsining kamol topishida katta ta’sir ko‘rsatdi. Tengdoshlariga nisbatan juda iste’dodli bola bo‘lgan Abay, otasining iltimosiga binoan o‘n yoshida Semeydagi «Ahmad Rizo» madrasasida o‘qiy boshladi. Ahmad Rizo, madrasaning asoschisi edi. U qozonlik tatar tarixchi, islohotchi va din olimi Shahobiddin Marjoniyning shogirdi bo‘lgan. Shu bois ham madrasada Marjoniyning fikrlari asosida ta’lim bergan. «Ahmad Rizo» madrasasi oʻsha davrdagi boshqa madrasalardan farqli oʻlaroq, mumtoz diniy ilmlardan tashqari tarix, falsafa va sheʼriyat hamda arab, fors va chagʻatoy tillaridan ham saboq bergan. Abay xuddi shu muhit ta’sirida diniy bilimdan tashqari turk va fors adabiyotiga qiziqa boshlaydi. Natijada Nizomiy, Navoiy, Ganjaviy va Hofiz kabi shoirlar ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Madrasada 3 yil ta’lim olgan Abay, shahardagi rus maktabiga ham o‘qishga kirib, rus tilini ham o‘rganadi. Bu orqali sharq adabiyotidan tashqari rus va g‘arb adabiyoti bilan tanishish jarayoni boshlaydi. Unda Pushkin, Tolstoy, Goethe, Spinoza va Spencerning asarlarini oʻqib chiqadi. Ulardan ba’zilarini tarjima qilishga ham ulgurgan Abay, ayni vaqtda Sankt – Peterburgdan surgun qilingan rus olimi E. P. Michaelis kabi demokrat olimlar bilan yaqindan tanishib, ular gʻoyalari ta’sirida qoladi. Abay, adabiy va ma’rifiy sohalardan tashqari san’at va musiqaga ham qiziqib, atrofidagilarni ham xuddi shu yo‘nalishga undagan. U qozoq xalq hunarmandchiligiga boʻlgan qiziqishi natijasida dombra chalib, qozoq xalq qo‘shiqlari ham kuylagan. Hatto bugunig kunda Abayning oʻz she’rlaridan yaratilgan kompozitsiyalar ham bor. Otasi Qunonboy haj ziyoratiga ketganida, yosh boʻlishiga qaramay Abay vaqtinchalik otasining oʻrniga Argin urugʻini boshqarish uchun tayin qilingan. Shundan soʻng, Chingʻiz shahrini boshqarish vazifasiga tayin qilingan. Keyinchalik hakamlik kabi davlat lavozimlarida ham ishlagan Abay, o‘z jamiyatining ishonchini qozongan, hurmatiga sazovor shaxslardan biri boʻlgan. Chunki u, o‘zi yashab turgan jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy masalalariga befarq bo‘lmagan. Tinmay ta’lim - tarbiya, mehnat va ishlab chiqarish masalalari ustidan maslahatlar berib turgan. Ehtiyoj tugʻilganida esa noto‘g‘ri harakatlarni yoki ishlarni keskin tanqid qilishdan ham tortinmagan. Abayning 200 ga yaqin she’ri, nasriy shaklda yozilgan 45 ta nasihati, qora so‘zlari va rus tilidan tarjima qilingan turli asarlari bor. Vafot etganiga bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tishiga qaramay milliy va ma’naviy yo‘lboshchi sifatida bugungi kunda qozoq xalqi xotirasida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham uning she’rlari bugungi kunda ham yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma tomonidan sevib, oʻqilmoqda. 2021 – yildan e’tiboran Abay Qunonboy va uning asarlari haqida Qozogʻiston va Qozogʻistondan tashqarida qalamga olingan kitob, kitob boʻlimlari va ilmiy maqolalar soni 10 mingdan oshdi. Jamiyatdan tashqari Abay, mustaqil Qozogʻistonning ham milliy qurilish jarayonida, ham da Qozogʻistonni modernizatsiya qilish harakatlarida eng yuqori darajada qayd etilgan shaxsdir. U, 1904 – yilda, oʻzi tugʻilib oʻsgan joyda vafot etdi. U hayoti davomida ikki marotaba uylandi va 10 nafar farzandning otasi boʻldi. Farzandlarining ba’zilari kichkinaligidayoq vafot etar ekan, ba’zilari Sovet ittifoqining ilk yillarida yo xalq dushmani deb e’lon qilindi yoki qatl qilinib, surgunga jo‘natildi.

Xulosa qilib aytganda, Abay tug‘ilgan va ulgʻaygan muhit qozoqlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan og‘ir davrlariga to‘g‘ri keldi. Abay bolaligidan beri rus mustamlakachilik tizimi mahalliy boshqaruv va jamiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yomonlashuvni birma – bir kuzatgan va bu oqimga qarshi munosabat bildirgan. U shunday munosabat bildirganki, vaqti kelib, koʻngli toʻlmagan ishlar orasida o‘z otasi bo‘lsa ham chekinmagan. Boshqa jihatdan esa asarlari orqali boshdan kechirgan qorongʻu davrni yoritishga uringan. Shu bois ham uning adadiy shaxsiyatidan tashqari ijtimoiy tuzilma va ijtimoiy institutlarga bergan baholarini hisobga olgan holda Abayni modernist deb ta’riflash ham mumkin. Chunki u umrining so‘nggi kunlarigacha qozoq jamiyatining ayniqsa, ta’lim - tarbiyasi va zamonaviylashishiga ham alohida e’tibor bergan. U sho‘rolar davrida ham she’riyati ham g‘oyalari jihatidan unchalik ham yaxshi baholanmagan ammo mustaqillik yillaridan keyin o‘ziga munosib tarzda baholandi. Chunki uning g‘oyalari, yangi davlatni ham oydinlatmoqda. 2025 – yili uning tavalludining 200 – yilligi nishonlanadi, tayyorgarliklar esa allaqachon boshlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #qozoq halqi , #Abay Qunonboy

Aloqador xabarlar