|
Qisqacha
o’tmish....
Turkiya Respublikasida radio orqali dastlabki
tashqi eshittirishlar 1937 yilning 8 yanvar kuni Ankara radiosi tomonidan
efirga uzatildi. Hatay muammosiga bag’ishlangan bu eshittirishda boshvazir
İsmet İnonuning mavzuga doir nutqi Arab tiliga tarjima qilinib efirga
uzatildi. Ushbu eshittirish Suriya, İskenderun qo’ltig’i va atrofida
ta’sirli bo’lgach, İstanbul radiosi orqali “Arabcha Yangiliklar” dasturi
efirga uzatila boshladi. Hatay muammosi hal qilingandan so’ng, muntazam
ravishda efirga uzatilmagan bu eshittirishlarga yakun
yasaldi. 1938-yilning 28 oktyabr kuni 20 KWlik stansiya orqali Turkiya
radiolarida muntazam ravishda Turk, İngiliz, Fransuz va Nemis tilida
tashqi eshittirish hizmati berila boshladi. İkkinchi jahon urushi
mobaynida “Qisqa To’lqin Ankara Radiosi” betaraf eshittirishlari bilan
dunyo radiolari orasida o’z o’rniga ega bo’ldi. 1943 – 1949 yillari
orasida AQSh, G’arbiy Yevropa, Uzoq Sharq va Avstraliyaga qadar
eshittirish olib borish imkoniyati tug’ildi. Tashqi eshittirishdagi
muhim bir davr esa 1949 – 1968 yillaridir. Bu davrda Turkiya Respublikasi,
NATO tashkilotiga a’zo bo’ldi, Koreya urushiga qatnashdi, G’arb dunyosi
bilan aloqalari rivojlandi. Tashkil topgandan boshlab qisqa to’lqin
Ankara Radiosi nomi ostida amalga oshirilgan horijiy eshittirishlar, 1963
yili yanvar oyidan etiboran “Turkiya Ovozi Radiosi” nomi ostida berila
boshladi. Turkiya ovozi radiosi, 1964 yilning 1 may kuni Turkiya
TeleRadio kompaniyasining tashkil topishi bilan TRT tarkibida faoliyat
olib bordi.
Turkiya Ovozi
Radiosi
Bugungi kunda Turkiya Teleradio kompaniyasining
horijiy davlatlarga qarata radio dasturlari, “Turkiya Ovozi Radiosi”
tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi eshittirishlar bo’lim
boshqarmasining mas’uliyati ostidagi “Turkiya Ovozi Radiosi” (VOT), har
kuni Turk, Nemis, Arab, Alban, Ozarbayjon, Bosniya, Bolgar, Hitoy, Dariy,
Fors, Fransuz, Gruzin, Harvat, İngiliz, İspan, İtalyan, Qozoq, Qirg’iz,
Mojar, Makedon, O’zbek, Peshtu, Rumin, Rus, Serb, Tatar, Turkman, Urdu,
Uyg’ur va Yunon tillari bo’lib jami 30 tilda eshitirish olib
bormoqda. Turkiya Ovozi Radiosi eshittirishlar qisqa to’lqin
stansiyalari, sun’iy yo’ldosh va internet orqali butun dunyoga
yetkazilmoqda. Turkiya Ovozi Radiosining mahalliy FM kanallari vositasi
bilan yetkazish tarmog’ini rivojlantirish va muhlislarga yana ham
yaqinlashish va eshittirishlarida mazmunni boyitishdir. Betaraf,
ishonchli va tezkor jurnalistika prinsiplariga ega bo’lgan Turkiya Ovozi
Radiosi, turli guruh, turli yosh saviyasiga mo’ljallangan qiziqarli
dasturlari bilan eshittirishlarini boyitmoqda va dunyoning eng ishonchli
ma’lumot manbai sifatida o’z o’rnini egarlamoqda. Habar dasturlari
bilan madaniyat-san’at va musiqa dasturlari o’rin olgan eshittirishlarda
Turkiya va Turk halqi har tomonlama tanitiladi. Turkiyaning mintaqaviy
hamkorligini olg’a surgan holda, qo’shni davlatlar bilan bo’lgan aloqasini
rivojlantirish siyosatiga mos ravishda tinchlik va madaniy hamkorlik
mavzularini yoritadi.
TRT Turkiya Ovozi Radiosi
haqida kengroq ma’lumot olish uchun: http://trt.net.tr/International/VOTAnaSayfa.aspx
|