| |
TRTning qisqacha tarixi
- 1964-yil 1-may.
359- sonli Qonunning kuchga kirishi bilan TRT tashkil
etildi va radiokanallar TRT idorasiga o’tkazildi.
- 1968-yil 31-yanvar.
 TRT Ankara televideniyesi tajriba dasturlarini namoyish
eta boshladi.
- 1974-yil 9-sentabr.
Turkiyadagi butun radiokanallar TRT-1 nomi ostida
24 soatlik muntazam eshittirishlarini boshladi.
- 1979-yil 17-aprel.
 TRT, ilk marotaba “23-aprel xalqaro bolalar festivalini o’tkazdi
va Yevropaning 27 telekanalida jonli efir orqali namoyish etdi.
- 1986-yil 6-oktabr.
 TRT-2
telekanali o’z faoliyatini boshladi.
- 1989-yil 2-oktabr.
  TRT-3 va TRT-GAP televideniya kanallari o’z ko’rsatuvlarini
efirga uzata boshladi.
- 1990-yil 28-fevral.
 TRT ning ilk xalqaro telekanali hisoblangan TRT-INT, Yevropa
davlatlariga qarata o’z ko’rsatuvlarini namoyish eta boshladi.
- 1990-yil 30-iyul.
 Ta’lim-tarbiyaga mo’ljallangan telekanal sifatidagi TRT-4
telekanali İzmir orqali dasturlarini efirga uzata boshladi.
- 1990-yil 3-dekabr.
TRT “Telekun” nomi ostida telematn dasturini yo’lga
qo’ydi.
- 1992-yil 27-aprel.
TRT Yevrosyo kanali Turkiy davlatlarga
mo’ljallangan tele- ko’rsatuvlarini namoyish eta boshladi.
- 1998-yil 14-noyabr.
Berlinda TRTning ilk rasmiy byurosi o’z ishini
boshladi.
- 1999-yil 5-yanvar.
Efir texnologiyalari markazi (SAYTEK) tashkil
topdi.
- 1999-yil 1-may.
 TRTning Internet Web sahifasi ishga tushirildi.
- 1999-yil 15-iyul.
TRT-FM va “Turkiya Ovozi” radio eshittirishlari
Avstraliyada ham tinglana boshladi.
- 1999-yil 25-iyul.
TRT –INT dasturlari, Avstraliya qit’asi va Yangi
Zelandiyada ham tomosha qilina boshladi.
- 1999-yil 20-sentabr.
Turkmanistonda TRTning Ashxabod byurosi o’z
faoliyatini boshladi.
- 1999-yil 6-dekabr.
 Radyo-4 o’z faoliyatini boshladi.
- 2000-yil 7-iyun.
TRT-INT, “Turkiya ovozi” va TRT-FM radiokanal
eshittirishlari AQSh va Kanadada ham tinglana boshladi.
- 2001-yil 31-yanvar.
 TRT –TV telekanallari yangi tusga kirdi va yangi emblemalari
bilan o’zini tubdan yangiladi.
- 2001-yil 2-iyun.
TRTning Ozarbayjonda Baku byurosi ochildi..
- 2001-yil 16-yun.
TRTning Misrda Qohira byurosi tashkil etildi.
- 2002-yil 1-iyun.
TRT, Janubiy Koreyaning Seul va Yaponiyaning Tokio
shaharlarida mushtarak uyushtirilgan Jahon Futbol Chempionatini jonli efir
bilan tomoshabinlarning e’tiboriga havola qildi.
- 2002-yil 25-iyun.
TRTning xorijdagi 5-byurosi Belgiyaning poytaxti
Bryukselda ochildi.
- 2002-yili 2-iyul.
 TRT Turizm radiosi uzluksiz ravishda 24 soat o’z
eshittirishlarini efirga uzata boshladi. Radyo, Antaliyadagi Lara
studiyalarida İngliz, Fransuz, Nemis, Rus va Yunon tillarida eshittirish olib
bormoqda.
- 2002-yil 8-avgust.
TRTning chet eldagi 6-byurosi Amerikaning poytaxti
Vashingtonda o’z faoliyatini boshladi.
- 2003-yil 24-may.
TRT , 48-Yevrovideniye qo’shiq tanloviga Turkiya
nomidan ishtirok etdi va Sertab Erener ijrosidagi “Every Way That I can”
qo’shig’i bilan g’olib bo’ldi.
- 2004-yil 20-yanvar.
Turksat 1 C sun’iy yo’ldoshining Turkiya va
Yevropani o’z ichiga olgan G’arbiy tarmog’i orqali TRT-1, TRT-2, TRT-3, TRT-4
va TRT-INT tele- ko’rsatuvlari hamda butun radio- eshittirishlaridan tashkil
topgan TRT tele- radio dasturlari efirga uzatila boshladi.
- 2004-yil 12-may.
49- Yevrovideniye qo’shiq tanlovi, İstanbulda Turkiya
Respublikasi hamda TRT mezbonligida, ilk marotiba ikki bosqichli holda
o’tkazildi va 36 davlatga to’g’ridan efirga uzatildi.
- 2004-yil 3-noyabr.
TRT Web - sahifasi ( www.trt.net.tr ) yangi dizayni va
takomillashtirilgan holida ishga tushirildi. Buning natijasida, Web sahifa
mazmunan boyitildi, butun kompyuter dasturlari yordamida tomosha qilina
oladigan, qulay, tezkor va tushunarli, televideniye, radio, prime-time
dasturlarining tanitilishiga o’rin berildi hamda tomoshabinlarning,
dasturlarga oid ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun qulayliklar yaratildi.
- 2004-yil 14-dekabr.
TRT-Turk televideniyasi hamda “Turkiya ovozi”
(TSR) radiokanalining Turk tilidagi eshittirishlari Turksat 1 C sun’iy
yo’ldoshidan, Turkiya- O’rta Osiyo mintaqalarini o’z ichiga olgan Sharqiy
tarmog’i orqali dijital holda efirga uzatila boshladi.
- 2005-yil 24-iyun.
TRTning xorijdagi 7-byurosi O’zbekistonning poytaxti
Toshkent shahrida o’z faoliyatini boshladi.
- 2005-yil 10-avgust.
İzmir Xalqaro Universiadasi Olimpiada o’yinlari
mahalliy va xalqaro tele-kanallar orqali muvaffaqiyatli ravishda efirga
uzatildi.
- 2005-yil 1-noyabr.
TRT va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Eshittirishlar
uyushmasi (ABU) o’rtasida Osiyovideniye (Asiavision) shartnomasi imzolandi.
- 2006-yil 22-iyun.
Buena Vista xalqaro televideniyasi bilan imzolangan
shartnoma doirasida, Walt Disney korporatsiyasiga oid multiplikatsion
fil’mlar, animatsion fil’mlar hamda kinofil’mlarini Turkiyada 4 yil davomida
namoyish etish huquqini TRT qo’lga kiritdi.
- 2007-yil 16-mart.
2010-2014 Jahon kuboklari bilan bir qatorda, FIFA
ning turli chempionatlarini (Konfederatsiya kubogi kabi) namoyish etish
huquqini TRT qo’lga kiritdi.
- 2008-yil 13-20- aprel.
Velosiped bo’yicha 44-Xalqaro Prezident
turnirini Turkiyada namoyish etish huquqi TRTga berildi.
|
|